“Katta adron kollayderida olib borilgan fizik tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro konferensiya oʻz ishini yakunladi.
2018-yil 15-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutida 4 kun davom etgan “Katta adron kollayderida olib borilgan fizik tadqiqotlar” mavzusidagi Xalqaro konferensiya o‘z ishini yakunladi.
Yadro fizikasi instituti yadro fizikasi va elementar zarrachalar fizikasi, qattiq jismlarning radiatsiya fizikasi va materialshunoslik, faollashuv tahlili, radiokimyo va ilmiy asbobsozlik sohalarida fundamental va amaliy tadqiqotlar yuqori saviyada olib borilayotgan respublikamizning yirik ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi.
Anjumanda Katta adron kollayderida fizikaviy tadqiqotlar natijalari va qisqa muddatli istiqbollari, modernizatsiya qilingan Katta adron kollayderida fizikaviy tadqiqotlar istiqbollari hamda uzoq muddatli istiqbolda CMSning II bosqichini yangilash va aniqlash istiqbollari muhokama qilindi.
Anjumanning yalpi majlislarida dunyoning yetakchi olimlarining 50 dan ortiq ma’ruzalari tinglandi.