U-150-II va U-115 tezlatgichlari
U-150-II - klassik tipdagi tezlatgich quyidagi holat ko‘rsatkichlarga ega:
Tezlatilayotgan zarralar turi | Energiya diapazoni, MeV | Zarralar dastasini ichki toki puchka, mkA | Zarralar dastasini chiqarilgan toki, mkA |
protonlar N1+ | 8 - 22 | ≤1000 | ≤4 |
deytronlar, + | 10 - 20 | ≤150 | ≤2 |
ionlar 3Ne++ | 20 - 40 | ≤150 | ≤2 |
alfa-zarralar, 4Ne++ | 25 - 50 | ≤200 | ≤3 |
Bir qator ko‘rsatkichlar bilan birgalikda zarralar dastasini intensiv ravishda hosil bulishiga qarab U-150-II tezlatgichi SNG davlatlardagi boshqa shu kabi tezlatgichlardan afzalligi bilan ajralib turadi.
U-150-II tezlatgichini fizikaviy tarzda ishga tushirilishi 1964 yilda amalga oshirildi, xuddi shu paytda uning zarralar dastasida birlamchi ilmiy tajribalar o‘tkazildi
1991 yilda U-150-II telatgich negizida Ilmiy ishlab chiqarish korxonasi "TEZLATGICh" tashkil etildi, xozirgi kunda ushbu korxona radioizotop mahsulotlarni jumladan, radionuklid So-57 ishlab chiqaribgina qolmay, balki uni xorijiy davlatlarga eksport qiladi
U-150-II telatgichini zarralar dastasidan foydalanish yordamida quyidagi tadqiqotlar olib borilyapti:
fundamental yadro fizika sohasida - Yadroviy reaksiyalarni o‘rganish asnosida yadroni tuzilishi xamda yadroviy reaksiyalarni ishlash mexanizmlari xaqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lish maqsadida;
radiatsiyaviy materialshunoslik sohalarida- Yuqori energiyali zaryadlangan zarralar, tez neytronlar va gamma nurlantirishni oqimlari ta’sirida turli materiallarni holat ko‘rsatkichlarini o‘zgarishini tadqiq etish;
Yadroviy radiokimyo, radiobiologiya va tibbiyot sohalarida- Radionuklidlar ehtiyoj seziladigan turli soxalarda jumladan, ishlab chiqarish sanoatida, asbobsozlikda, nishonli birikmalarni ishlab chiqarishda, diagnostika va terapevtik radionuklidli preparatlarda qo‘llaniladigan radionuklidlarga (jumladan, Co-57, Ga-68, Pd-103) ishlov berish usullarini ishlab chiqish
Tezlatgichlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limini koordinatori: f-m.f.d. Artemov Sergey Viktorovich
Email: artemov@inp.uz
Tezlatgichda 10 toifa eksperimental yadro fizika, avtomatizatsiya sohalarida yuqori malakaga ega bo‘lgan xodimlar faoliyat olib borishadi.