• Slide 1
  • Slide 2
  • Slide 3

U-150-II va U-115 tezlatgichlari

U-150-II - klassik tipdagi tezlatgich quyidagi holat ko‘rsatkichlarga ega:

Tezlatilayotgan zarralar turi

Energiya diapazoni, MeV

Zarralar dastasini ichki toki puchka, mkA

Zarralar dastasini chiqarilgan toki, mkA

protonlar N1+

8 - 22

≤1000

≤4

deytronlar, +

10 - 20

≤150

≤2

ionlar 3Ne++

20 - 40

≤150

≤2

alfa-zarralar, 4Ne++

25 - 50

≤200

≤3

 

Bir qator ko‘rsatkichlar bilan birgalikda zarralar dastasini intensiv ravishda hosil bulishiga qarab U-150-II tezlatgichi SNG davlatlardagi boshqa shu kabi tezlatgichlardan afzalligi bilan ajralib turadi.

U-150-II tezlatgichini fizikaviy tarzda ishga tushirilishi 1964 yilda amalga oshirildi, xuddi shu paytda uning zarralar dastasida birlamchi ilmiy tajribalar o‘tkazildi

1991 yilda U-150-II telatgich negizida Ilmiy ishlab chiqarish korxonasi "TEZLATGICh" tashkil etildi, xozirgi kunda ushbu korxona radioizotop mahsulotlarni jumladan, radionuklid So-57 ishlab chiqaribgina qolmay, balki uni xorijiy davlatlarga eksport qiladi

U-150-II telatgichini zarralar dastasidan foydalanish yordamida quyidagi tadqiqotlar olib borilyapti:

  • fundamental yadro fizika sohasida - Yadroviy reaksiyalarni o‘rganish asnosida yadroni tuzilishi xamda yadroviy reaksiyalarni ishlash mexanizmlari xaqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lish maqsadida;

  • radiatsiyaviy materialshunoslik sohalarida- Yuqori energiyali zaryadlangan zarralar, tez neytronlar va gamma nurlantirishni oqimlari ta’sirida turli materiallarni holat ko‘rsatkichlarini o‘zgarishini tadqiq etish;

  • Yadroviy radiokimyo, radiobiologiya va tibbiyot sohalarida- Radionuklidlar ehtiyoj seziladigan turli soxalarda jumladan, ishlab chiqarish sanoatida, asbobsozlikda, nishonli birikmalarni ishlab chiqarishda, diagnostika va terapevtik radionuklidli preparatlarda qo‘llaniladigan radionuklidlarga (jumladan, Co-57, Ga-68, Pd-103) ishlov berish usullarini ishlab chiqish

Tezlatgichlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limini koordinatori: f-m.f.d. Artemov Sergey Viktorovich
Email: artemov@inp.uz
Tezlatgichda 10 toifa eksperimental yadro fizika, avtomatizatsiya sohalarida yuqori malakaga ega bo‘lgan xodimlar faoliyat olib borishadi.