• Slide 1
  • Slide 2
  • Slide 3

         Yigirmanchi asr - bu asrda insoniyat fan va texnika sohasida ko‘plab kashfiyotlarga erishdi, bu asrda modda tuzilishi va ularning o‘zaro ta’sirlarini o‘rganishda ko‘plab bilim, yutuqlarga erishildi va bu bilimlarni atom energetikasini o‘zlashtirishga qaratdi. Bu bilimlar yigirmanchi asrni yadro asri deb atalishiga asos bo‘laoladi.

Fanning tezkor rivojlanishi va yirik ilmiy markazlarning paydo bo‘lishi yigirmanchi asrga xos bo‘lgan belgilardan biridir. 1956 yili tuzilgan O‘zR FA Yadro fizika instituti  bunday markazlardan biri bo‘ldi.

 O‘zbekiston tarixida, shuningdek Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti tarixida ham fizika fanining rivojlanishini bir qancha davrlarga bo‘lib o‘rganish mumkin.

1945 yilgacha bo‘lgan davr.

Bu davrda fizika va yadro fizikasi bo‘yicha tadqiqotlar Toshkent universitetida ishlagan olimlarning nomlari bilan bog‘liqdir, bulardan akademik P.I. Lukirskiy (Leningrad), V.P. Pavlov, L.N. Dobresov, S.V. Starodubsev, G.N. Shuppe (P.I. Lukirskiyning shogirdi), U.O. Orifov (fizikaviy elektronika); V.A. Djordjio, V.A. Gubin, V.A. Bezmelnitsin (meteorologiya), Ye. Nosenko (optika), Sh.A. Ablyaev (Van Graf generatori) I. Islamov (yadro fizikasi);  Samarqand universiteti olimlari M.M. Muminov (yadro fizikasi), A.K. Otaxojaev (molekular fizika) nomlarini aytib o‘tish kifoyadir.

1943 yil

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tarkibida fizika laboratoriyasining va uning asosida Akademiyaning Fizika-texnika institutining tashkil qilinishi (FTI).

 

1945 -1950 yillar 

Fizikaviy va yadro-fizikaviy muammolarni tadqiq qiluvchi ilmiy jamoalar tuzish ishlarining boshlanishi:

U.O. Orifov, S.U. Umarov (fizikaviy elektronika); S.A. Azimov, G‘.Yo. Umarov (yadro fizikasi), R.H. Mallin (maydon nazariyasi).

1956 -1965 yillar.

Yadro fizikasi instituti (YaFI) tuzilishi va buning uchun loyiha topshiriqlari tuzildi (U.O. Orifov, S.V. Starodubsev), S.V. Starodubsev Akademiyaning birinchi vitse-prezidenti qilib saylandi va U.O. Orifov YaFI direktori qilib tayinlandi.

Institutning barcha asosiy ilmiy ob’ektlari qurilishi boshlandi va ishga tushirildi: reaktor, siklotron, radiokimyoviy kompleks (RKK), tezlatkichlar korpusi, gamma-manbalar korpusi, asosiy fizika korpusi, ustaxonalar korpusi, shuningdek institutning turar-joy shaharchasi qurilishi boshlandi. Past va yuqori enegiyalar yadro fizikasi va kosmik nurlar muammolari bo‘yicha tadqiqotlar boshlandi. Shu orada institut rahbarligida o‘zgarishlar bo‘lib o‘tdi, Akademiyaga Prezident qilib saylangan U.O. Orifov o‘rniga akademik S.A. Azimov institutga direktor qilib tayinlashishi.

1966 -1977 yillar.

Bu yillari institut qurilishida bajarilishi lozim bo‘lgan loyiha topshiriqlari to‘la bajarildi. Institutning ilmiy va texnikaviy ob’ektlari, shuningdek yordamchi bo‘linmalari, loyihada ko‘zda tutilgandek, ishga tushirildi.

S.A. Azimov FA Fizika-texnika institutiga direktorlikka o‘tkazilgani sabab, YaFI direktor qilib akademik S.V.  Starodubsev tayinlandi. Ammo, 1967 yil og‘ir kasallikdan (leykozdan)   S.V. Starodubsev vafot etdi, U.O. Orifov vaqtincha YaFI direktori vazifasini bajarish uchun tayinlandi.

1971 yil.

Akademik A.P. Aleksandrov boshchiligidagi Ittifoq Akademiyasi komissiyasi taklifiga ko‘ra YaFI direktori qilib f.m.-f.n. U.G. G‘ulomov tayinlandi.

1978-1989 yillar.

Institut to‘laqonli ravishda ishlay boshladi. Hamma ilmiy bo‘linmalar tuzildi, ularning yo‘nalishlari aniq qilib belgilandi, Institutning hamma ob’ektlari tunu-kun ishlay boshladi. Yadro reaktori, siklotron va radiokimyoviy laboratoriyalarini qayta qurish va rivojlantirish ishlari boshlab yuborildi. Radioizotopli mahsulotlar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan Xo‘jalik hisobidagi «Radiopreparat» korxonasi tashkil qilindi.

Shu paytlarda YaFI rahbari almashtiriladi, direktor vazifasiga akademik P.Q. Habibullaev tayinlandi. Institut tizimi o‘zgartirildi,  «Radiopreparat» va SKB-RT korxonalari foyda ko‘rish darajasiga chiqishdi.

1988 yil.

Institutga rahbar qilib O‘zSSR FA muxbir-a’zosi M.S. Yunusov tayinlandi.

1989 yil.

Institutga rahbar qilib O‘zSSR FA muxbir-a’zosi U.G‘. G‘ulomov saylanadi (jamoa saylovi asosida saylangan birinchi direktor). Ammo, U.G‘. G‘ulyamov bu lavozimda ko‘p ishlay olmadi.  1990 yil ular o‘pka rakidan vafot etdi.

1990 yil.

Institut jamoasi tomonidan rahbar qilib O‘zR FA FTI laboratoiya mudiri, akademik S.A. Azimovning shogirdi f.m.-f.d. B.S. Yo‘ldoshev saylandi.

Uning boshchiligida YaFI Xalqaro tadqiqotlar o‘tkazish va Amerika, Yevropa, Osiyoning yirik yadroviy markazlari bilan  hamkorlik darajasiga chiqdi, radioizotoplar ishlab chiqarish va eksporti ko‘paydi, Xalqaro hamkorlikda radioekologiya bo‘yicha ilmiy izlanishlar bajarildi, tadqiqotlar va xalqaro aloqalarni axboratlashtirish yangi bosqichga chiqarildi.

Institut tarixini bunday bosqichlarga ajratish, albatta, shartlidir, shunga qaramasdan, bu bosqichlar tartibi institut tarixini ma’lum darajada yoritib beradi. YaFI tashkil qilishda va rivojlantirishda ko‘plab olimlar, injenerlar, ishchilar va boshqa xodimlar o‘z xissalarini qo‘shishgan, bajarilgan tadqiqotlar natijalari yuzlab hisobotlarda, minglab maqola va monografiyalarda aks etgan, ko‘p sonli doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilingan. Bu qisqa bayonnoma Institutning tiklanishiga va ilmiy va ilmiy-texnikaviy natijalarni olishga qatnashgan, yordam bergan hamma xodimlar mehnati to‘g‘risidadir. Bu bayonnoma YaFI tarixida o‘chmas iz qoldirgan akademiklar U.O. Orifov, S.A. Azimov, S.V. Starodubsev, M.S. Yunusov, B.S. Yo‘ldoshev va muxbir-a’zo U.G‘. G‘ulomovlar nomi, taqdiri bilan uzviy bog‘liqdir. Bu insonlar o‘zlarining yorqin hayoti, eslashga arziguli  f’el-atvori bilan,  tabiatan sinchkovligi uchun, o‘z zamonasining yetuk olimlari bo‘lishgani bilan, shu bilan birga talabchanligi, fizika fanini chuqur his qilaoladigan, fanning muammolari va vazifalarini vaqtida ko‘ra bilgan, sezgan, fanga beqiyos sodiq bo‘lganliklari bilan YaFI tarixida sezilarli iz qoldirgan siymolar  edilar.