• Slide 1
  • Slide 2
  • Slide 3

Yadro energetikasi va yadroviy texnologiyalari bo’limi

 

Laboratoriya tarixi

Yadro energetikasi va yadroviy texnologiyalari bo’limi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-maydagi 292-sonli qarorining 3-ilovasiga asosan tashkil etilgan. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutining ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 4526-son qaroriga asosan bazaviy byudjet mablag‘lari hisobiga o‘tkazilgan. Hozirgi kunda ushbu bo’limga Sh.R.Malikov raxbarlik qilib kelmoqda.

 

Bo’limning asosiy strategik yo'nalishiYadro energetikasi va yadroviy texnologiyalari bo’limining asosiy maqsadlari turli sanoat tarmoqlari: Yadro yoqilgilarining samaradorlik darajasini oshirish usullari, Uran-toriy aralashmasi yordamida o’zini-o’zi tiklaydigan yadro yoqilg’isini ishlab chiqarish uchun tez neytron oqimidagi yadro reaksiyalarining kesimlarini o’rganish, yengil va og’ir yadrolarning bo’linishi natijasida kelib chiqadigan energiya qiymatlari va boshqa bir qator ko’rsatgichlar uchun kimyoviy elementlar tahlilining yadro-fizikaviy usullaridan foydalangan holda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishdan iborat. Shu jumladan turli sohalarda ishlatilinuvchi radionuklidlar va ularning turli holatini o'rganish bo’limning istiqbolli yo'nalishi hisoblanadi.

 

Bo’lim yaratilishining dolzarbligiYadro energetikasi o’zining ekologik ko’rsatgichlari, katta quvvat bilan stabil taminlay olish qobiliyati bilan ajralib turadi. Ushbu sohani o’rganish zamon talabi bo’libgina qolmay, undan zarur darajada bohabar bo’lmaslik, ziyon keltirishi mumkin. Ushbu soha nisbatan yangi bo’lmasa-da, mamlakatimizda bu soha bo’yicha yetarli darajada ilmiy ishlar qilinmaganligi og’riqli nuqta bo’lib qolmoqda. Bo’lim mavjud bo’shliqlarni to’ldirish va sohadagi umumiy bilim darajasini oshirish uchun tashkil etildi.

         

Bo’limning ilmiy yutuqlariBo’lim o‘z faoliyati davomida Gomogen reaktor yoqilgʼisining gaz fazasidan qimmatbaho 89Sr radioizotopini olish uchun noyob texnologiya ishlab chiqildi. Sinov tajribalari gomogen, reaktor asosida oʼtkazildi va 90Sr izotopi aralashmasisiz sof boʼlgan 89Sr preparati olindi.OʼzR FA YaFI va"Uranredmetgeologiya"AJ (xoʼj. shartnoma № 2/28-21) “Karbid tojlari va burgʼulash bitlarining izchil chidamliligini radiatsion-elektromagnit oshirish boʼyicha” xoʼjalik shartnomasi muvaffaqiyatli bajarildi. OʼzR FA YaFI va"Olmaliq KMK"AJ (xoʼj.shartnoma № 1/63-7485yur) “Burgʼulash uskunalarini gamma-kvantlar bilan nurlantirish orqali qatiqligini oshirish usulini ishlab chiqish"boʼyicha qilingan izlanishlar Respublikaning kon - metallurgiya tarmogʼida texnologiya keng miqyosda joriy etilmoqda.Nanostrukturali materiallarni sintez qilish uchun radiatsiya-plazma texnologiyasi ishlab chiqildi. Kashfiyotni patentlash boʼyicha ishlar olib borilmoqda. Ushbu ishlanma kelajakda mikroelektronika sohasida inqilobiy oʼzgarishlarni amalga oshirishga imkon berishi mumkin.Respublikada birinchi marta koʼp qatlamli grafen gamma nurlantirish asosida sintez qilindi va transmissiya elektron mikroskopi yordamida hosil boʼlgan grafenlarning qatlamlari soni va strukturaviy xususiyatlari aniqlandi. Dunyoda birinchi marta grafitni radiatsiya-plazma bilan qayta ishlash yordamida olmosga oʼxshash nanostrukturali tasmalar, kapillyarlar va mikronaychalar sintez qilindi.