• Slide 1
  • Slide 2
  • Slide 3

Optikaviy hodisalar radiatsiyaviy fizikasi 

Laboratoriyasi ilmiy faoliyati to‘g‘risida

 

Laboratoriya mudiri
Saidahmedov Qaxramon Husanovich

Ishxona tel.:

(998-71)-289-38-26
email: skhahramon@ yandex.ru

 

MA’LUMOT

Laboratoriya tarixi

“Optikaviy hodisalar radiatsiyaviy fizikasi” laboratoriyasi 1964-yilda Yadro fizikasi instituti tarkibida fizika-matematika fanlari doktori, professor, O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi akademik Sh.A. Vohidovning tashabbusi bilan tashkil etilgan bo’lib, u to 1994 yilgacha 30 yil davomida muttasil laboratoriyaga mudirlik qilib keldi.. O‘sha paytda laboratoriya "Dielektrik materiallarda radiatsion jarayonlar laboratoriyasi" deb nomlangan.1995-2017-yillarda fizika-matematika fanlari doktori, professor I.Nuritdinov laboratoriyaga rahbarlik qilgan. 2017-yildan hozirgi kunga qadar unga fizika-matematika fanlari nomzodi Q.H. Saidahmedov boshchilik qilib kelmoqda.

Laboratoriyaning asosiy strategik yo‘nalishi

"Optik hodisalar radiatsiyaviy fizikasi" laboratoriyasi kondensirlangan holat radiatsiyaviy fizikasi va materialshunoslik sohasida eksperimental tadqiqotlar bilan shug‘ullanadi. Tadqiqotning obyekti sifatida murakkab oksidli, ishqoriy-galoidli, ishqoriy-yer galogenidlari va organik birikmalar asosidagi lazerli va ssintillyatsion kristallar hamda shishalar tadqiq qilinadi. Intensiv yadroviy va ionlashtiruvchi nurlanishlarning yuqorida qayd etilgan materiallar bilan o‘zaro ta’sirining fundamental masalalari o‘rganilmoqda, sintez sharoitlari, tashqi omillar ta’siriga bog‘liq holda xususiy strukturaviy va kirishmaviy elektron va ion holatlarining (nuqtaviy va yanada murakkab nuqsonlar, kristallografik xususiyatlarning lokal va hajmiy o‘zgarishlari, ranglanish markazlari, qamrash markazlari, lyuminessensiya va boshqalar) generatsiyasi, o‘zgarishi va rekombinatsiyasi qonuniyatlari o‘rganilmoqda, shuningdek, ular asosida tadqiq qilinayotgan materiallarning tuzilishi, xususiyatlarini va xossalarini maqsadli o‘zgartirishning radiatsion texnologiyalari ishlab chiqilmoqda.

Laboratoriya faoliyatining dolzarbligi

“Optik hodisalar radiatsiyaviy fizikasi” laboratoriyasi tomonidan olib borilayotgan ishlarning dolzarbligi 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni) belgilangan bo‘lib, uning ustuvor yo‘nalishlari “…milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash”ni o‘z ichiga oladi.

Laboratoriyaningilmiyasoslari

LaboratoriyadaO‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti ilmiy tadqiqot ishlari rejasining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-noyabrdagiPQ-4526-sonliqaroriasosida 2020-2024-yillarga mo‘ljallangan ilmiy tadqiqot ishlari dasturi yuzasidan: “Istiqbollissintillyatorlarvadiodlilazerlardaqoʻllaniladigankengzonalioksidlarvaftoridqattiqjismmateriallarningspektral-lyuminessenttavsiflarivaradiasiyaviyfaollashtirilganxodisalar ”mavzulari bajarilgan.

2020-2024 yillar davomida ushbu mavzular  bo‘yicha olingan yangi natijalar asosida laboratoriya jamoasi tomonidan 100 dan ortiq ilmiy ishlar, shu jumladan monografiyalar, xalqaro nufuzli jurnallardagi ilmiy maqolalar, xalqaro va respublika ilmiy anjumanlari materiallari chop etildi.