• Slide 1
  • Slide 2
  • Slide 3

Yadroviy tibbiyot laboratoriyasining tarixi:

Yadroviy tibbiyot laboratoriyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-noyabrdagi № PP-4526 "O‘zbekiston Respublikasi Yadro fizikasi institutining ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash choralari to‘g‘risida" qaroriga muvofiq tashkil etilgan. Uning ilmiy jamoasi YFIning sobiq yadro muammolari laboratoriyasi xodimlaridan, k.f.-m.f.n., PhD, katta ilmiy xodim Kulabdullayev G. A. rahbarligida shakllangan.

Laboratoriya tashkil etilganidan beri yadro muammolari laboratoriyasining ko‘p yillik ilmiy yutuqlari va ishlanmalari asosida binar nurlanish terapiyasi texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha faol ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.

Ushbu laboratoyining asosi 2003-yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi B.S. Yuldashev tashabbusi bilan YaFIning yadro muammolari laboratoriyasida t.f.d., professor Y.N. Koblik rahbarligida Neytronn Qamrash Terapiyasini (NQT) rivojlantirishga qaratilgan tadqiqotlar boshlanganida qo‘yilgan edi. Ushbu tadqiqotlar VVR-SM yadroviy reaktori gorizontal kanalida epiissiq neytronlar nurlanish manbayini muvaffaqiyatli yaratilishiga olib keldi.

Bugungi kunda yadroviy tibbiyot laboratoriyasi radiatsion onkologiya sohasidagi istiqbolli yo‘nalishlarni rivojlantirishni davom ettirib, diagnostika va davolashning innovatsion usullarini joriy etish ustida ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda.

Yadroviy tibbiyoi laboratoriyasining asosiy strategik yo‘nalishlari:

Yadro tibbiyoti laboratoriyasi xavfli o‘simtalarni davolash samaradorligi va tanlanma ta’sirini oshirishga qaratilgan ilg‘or radiatsion terapiya usullarini rivojlantirmoqda. Asosiy e’tibor binar texnologiyalarga, jumladan, Foton Qamrash (FQT) va Neytron Qamrash terapiyalariga (NQT) qaratilgan. Ushbu texnologiyalar radiosensibilizator moddalarning o‘simta to‘qimalarida to‘planishga asoslanadi. Bu texnoloiyalar o‘simta ichida yutilgan doza hajmini sezilarli darajada oshirish bilan birga sog‘lom to‘qimalarga ta’sirni kamaytirishga yordam beradi.

Laboratoriyaning ilmiy tadqiqotlari quyidagi asosiy yo‘nalishlarni qamrab oladi:

🔹 Binar nurlanish terapiya texnologiyalarini ishlab chiqish
• O‘simta to‘qimalarida to‘planish xususiyatiga ega bo‘lgan malum elementli dori vositalarini o‘rganish.
• Og‘ir elementlarning rentgen va neytron nurlanishi bilan o‘zaro ta’sir mexanizmlarini tadqiq qilish.
• Yuzaga keluvchi hamroh effektlarni minimallashtirish maqsadida nurlanish metodikasini optimallashtirish.

🔹 Neytron-qamrov terapiyasi (NQT)
• Terapiya selektivligi va effektivligini oshirish uchun gadoliniy tarkibli  birikmalarni sinovdan o‘tkazish.
• Tabiiy Gadoliniy tarkibli magnevist kabi preparatlarni klinik amaliyotga joriy qilish.
• Neytron nurlanishining biologik ta’sirini in vitro va in vivo sharoitida tahlil qilish.

🔹 Foton Qamrash Terapiyasi (FQT)
• Yuqori atom raqamiga ega elementlar (Z ≥ 53) yordamida o‘simta to‘qimalarini radiotasezgir qilish usullarini ishlab chiqish.
• Radiosensibilizator nanozarrachalarini o‘rganish.
Foton Qamrash Terapiyasi (FQT) texnologiyasini murakkab onkologik kasalliklarni davolash uchun ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazish.

🔹 Tibbiyot-biologik tadqiqotlar
• Epiissiq neytronlarning inson qon zardobi oqsillari va eritrotsitlariga ta’sirini baholash.
• Neytron nurlanishidan keyin o‘simta to‘qimalarining morfologik o‘zgarishlarini o‘rganish.
• Laboratoriya hayvonlari ustida nurlatishdan so‘ng o‘simtaning o‘sishini maksimal to’xtishga olib keluvchi tajribalar o‘tkazish.
• Turli nurlanish dozalari ta’siridan keyin o‘sma va sog‘lom to‘qimalarning gistologik o‘zgarishlarini tahlil qilish.

Laboratoriya faoliyati yadro tibbiyoti sohasida innovatsion yechimlarni yaratishga qaratilgan bo‘lib, bu esa onkologik kasalliklarni davolashni samaraliroq, xavfsizroq, kengroq, ommabop qo‘llaniladigan darajaga yetkazish imkonini beradi.

Yadroviy tibbiyot laboratoriyasining tashkil etilishining dolzarbligi:

Hozirgi kunda yadroviy tibbiyot diagnostika va davolash jarayonida muhim rol o‘ynaydi, ayniqsa, bir qator onkologik kasalliklarni davolash bilan bog‘liq holatlarda. Radionuklid diagnostikasi va radionuklid terapiyasi usullarini ishlab chiqish va rivojlantirish patologiyani aniqlash va zararlangan to'qimalarni maqsadli davolash samaradorligini sezilarli darajada oshirish imkonini beradi.

 Ushbu maqsadga muvofiq, Foton Qamrash (FQT) va Neytron Qamrash terapiyalarini (NQT) takomillashtirish istiqbolli yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Bu terapiyalar organizmga radiosensabilizatorlar kiritish va ularni tashqi nurlanish bilan ta’siri tamoyiliga asoslanadi.

FQT jarayonida vismut, gadoliniy, oltin kabi yuqori atom raqamiga ega elementlar qo‘llanilib, rentgen nurlanishining ta’sirini kuchaytirish va natijada o‘sma to‘qimalarida yutilgan dozani oshirish mumkin. NQT esa bor-10 yoki gadoliniy-157 kabi barqaror izotoplarning neytronlarni yutishiga asoslangan bo‘lib, natijada lokal energiya chiqarilishi va saraton hujayralarining yo‘q qilinishiga olib keladi.

FQT va NQT uchun yangi radiofarmatsevtika va radiosensibilizatorlarni tadqiq qilish va ishlab chiqish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan laboratoriyani tashkil etilishi bu soxadagi ilmiy izlanishlarni chuqurlashtirishga xizmat qildi. Dozalarni optimallashtirish va terapiya samaradorligini oshirish uchun klinikadan oldingi sinovlar uchun imkoniyatlarni ochish pirovardida klinik amaliyotga innovatsion usullarni joriy etishni imkoniyatini yaratadi.