BIRINCHI XABARNOMA
XII Xalqaro konferensiya YADRO FANI VA UNING TATBIQI
Toshkent 2026-yil, 12-15 Oktabr
Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti tashkil etilganining 70 yilligiga bagʻishlanadi
KONFERENSIYA TASHKILOTCHISI: Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti
TAKLIFNOMA
Hurmatli hamkasblar! Sizlarni 2026 yil 12–15 oktabr kunlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan “Yadro fani va uning tatbiqi” mavzusidagi XII Xalqaro konferensiyasida ishtirok etishga taklif etamiz. Konferensiyada nazariy va eksperimental yadro fizikasi, kondensatsiyalangan muhitlar radiatsion fizikasi va nanofizika, yadroviy texnologiyalarning tibbiyot, ekologiya va sanoatda tadbiqi, yadro energetikasi hamda istiqbolli yadroviy-energetik qurilmalarning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilinadi.
KONFERENSIYA O‘TKAZILADIGAN JOY
Konferensiya Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutida oʻtkaziladi
(Toshkent sh., Ulugʻbek shaharchasi)
ISHTIROK ETISH VA MA’RUZALAR (TEZISLAR)NI RASMIYLASHTIRISH TALABLARI
Ishtirok etish uchun arizalar, ro‘yxatdan o‘tish shakllari va tezislar 2026 yil 10 avgustgacha tashkiliy qo‘mita elektron pochta orqali taqdim etilishi lozim. Tezislar ingliz tilida quyidagi qoidalarga muvofiq yozilishi kerak: A4 formatdagi 2 sahifa, jadvallar va rasm kiritilgan, barcha chekkalar 25 mm, matn protsessori MS Word, Times New Roman shriftida, 1.0 qator oralig‘i bilan. Tezis sarlavhalari markazlashtirilgan bo‘lishi va quyidagi ko‘rsatmalarga mos bo‘lishi kerak: TITLE – hamma harflar katta, 14 pt, qalin; Authors – 12 pt, qalin; Affiliation – 12 pt, kursiv
Sarlavha va mualliflar orasida bir qator, affiliation va tezis matni orasida esa ikki qator bo‘sh joy qoldiriladi. Matn 12 pt shriftida, 1.0 qator oralig‘ida va tekislangan holda bo‘lishi kerak.
O‘zbekiston ishtirokchilari tezislari bilan birga nashr qilish imkoniyati bo‘yicha ekspert xulosasini va rus tiliga tarjimasini taqdim etishlari lozim. Tezislar to‘plami elektron formatda taqdim etiladi. Bitta muallifdan qabul qilinadigan tezislar soni 2 tadan oshmasligi kerak.
KONFERENSIYA YO‘NALISHLARI
1. NAZARIY VA EKSPERIMENTAL YADRO FIZIKASI2. KONDENSASIYALANGAN MUXITLAR RADIASIYAVIY FIZIKASI VA NANOFIZIKA3. YADROVIY TEXNOLOGIYALARNING TIBBIYOT, EKOLOGIYA VA SANOATDA TATBIQI4. YADRO ENERGETIKASI VA ISTIQBOLLI YADROVIY-ENERGETIK QURILMALARKonferentsiya ishchi tillari: ingliz va rus tillari.
TASHKILIY TO‘LOV
Tashkiliy to‘lov O‘zbekiston ishtirokchilari uchun 50 AQSh dollari (to‘lov kuni kurs bo‘yicha so‘mlarda qabul qilinadi), boshqa davlatlardan ishtirokchilar uchun 150 AQSh dollarini tashkil etadi. To‘lov ishtirokchilar sharafiga qabul, konferentsiya materiallari va kofe-break xarajatlarini qamrab oladi. To‘lov bo‘yicha batafsil ma’lumot ikkinchi xabarnomada beriladi..
ASOSIY MUHLATLAR
Ro‘yxatdan o‘tish shakllari 2026-yil 10 Avgust
Tezislar 2026-yil 10 Avgust
Ikkinchi xabarnoma 2026-yil 10 Sentabr
KONFERENSIYA KOTIBIIYATI
Fazilova Zekie Fazilovna, fazilovaz@mail.ru, tel.: +99871-2893141; +99893-5576904
Valieva Leyla Temurovna, leyla.valieva.00@bk.ru, tel.: +99871-2893557; +99897-7660747
"
ISHTIROQCHILARNI RO‘YXATDAN O‘TKAZISH SHAKLI
(2026-yil 10 avgustgacha to‘ldiring va e-mail orqali yuboring)
Familiyasi, ismi va otasining ismi (to‘liq) |
|
Tug‘ilgan yili |
|
Tashkilot (ish/o‘qish joyi) |
|
Lavozimi |
|
Ilmiy darajasi, ilmiy unvoni |
|
Manzil, mamlakat |
|
Telefon, telegram |
|
| |
Ma’ruza (tezis) nomi |
|
Mualliflar |
|
Konferentsiya yo‘nalishi (1, 2, 3 yoki 4 raqamni ko‘rsating) |
|
Ilova: | pasportning scanerlangan nusxasi |
TOSHKENTGA XUSH KELIBSIZ!


