«Qattiq jismlar elektronikasi radiatsiyaviy fizikasi va texnikasi» laboratoriyasi bo ‘yicha Institut “Saytiga” kiritish uchun ma’lumot
Laboratoriyaning xodimlari
№ | F.I.Sh. | Lavozimi |
1. | Maxkamov Sh. | f-m.f.n., lab. mudiri |
2. | Tashmetov M.Yu. | f-m f.d., prof. |
3. | Tillaev T.S. | t.f.n., kat.i.x. |
4. | Sulaymonov N.T. | f-m.f.n., kat.i.x. |
5. | Saidov R.P. | f-m.f.n., kat.i.x. |
6. | Ismatov N.B. | PhD, kat.i.x. |
7. | Yuldashova I.I. | PhD, kat.i.x |
8. | Erdonov M.N. | kich.i.x. |
9. | Nazarmamatov Sh.M. | kich.i.x. |
10. | Aliakbarova Sh.A. | laborant |
“Yarimo‘tkazgichelektronikasi” ilmiytadqiq qilishlaboratoriyasi 1981-yildaO‘zbekistonRespublikasi Fanlarakademiyasi Yadrofizikasi instituti (FA UzRYaFI) va «Foton» ishlabchiqarish birlashmasinegizida SSSRElektron sanoativazirligi (ESV) O‘zR FanlarAkademiyasi buyrug‘i bilanhamkorlikda tashkiletilgan. 2017 yilda laboratoriyaning nomi yuqorida ko‘rsatilgan nom bilan o‘zgartirildi.
Laboratoriya tashkil etilganidan boshlab unga «tarmoqlararo» maqomi berilgan bo‘lib, bu uni Markaziy Osiyodagi birinchi va yagona shunday laboratoriyaga aylantirgan. Tarmoqlararo laboratoriyani tashkil etishning asosiy maqsadi elektron sanoati vazirligiga qarashli korxonalar va tashkilotlar bilan O‘zbekiston Fanlar akademiyasi o‘rtasida ilmiy-texnik aloqalarni mustahkamlash, tashqi omillar ta’siriga bardoshli elektronika materiallari va mahsulotlari texnologiyasini yanada rivojlantirish, ularni sinash hamda yadro fizikasi instituti va «Foton» ishlab chiqarish birlashmasi (Toshkent) bazasida ilmiy yutuqlarni ishlab chiqarishga jadal tatbiq etishdan iborat bo‘lgan.
Sohaviy dasturga muvofiq, ESVga qarashli turli korxonalar va tashkilotlar bilan hamkorlikda tadqiqotlar olib borilgan. Yarimo‘tkazgich materiallari va ularning asosida tayyorlangan mahsulotlarni radiatsiyaga chidamliligini oshirish bo‘yicha texnologik ishlanmalar ishlab chiqilib, sinovlar o‘tkazilgan.
«Foton» ishlab chiqarish birlashmasi bilan hamkorlikda olingan dastlabki natijalar kremniy diodlar asosiga rekombinatsion radiatsion nuqson markazlarini joriy qilish bilan bog‘liq bo‘lib, bu keyinchalik impulsli diodlarning tezkorligini oshirishga imkon bergan. Keyingi yillarda kremniy p-n strukturali mahsulotlarini radiatsion usulda qayta ishlash usuli ishlab chiqilib, yuqori kuchlanishli kremniy diodlarining xususiyatlarini yaxshilashda qo‘llanilgan.
Ilmiy-tadqiqot ishlarini yanada kengaytirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutida aniqlangan radiatsion-stimullangan diffuziya effektini kremniy mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasida qo‘llash imkoniyatlari o‘rganilgan. Bu effekt birinchi marta diffuzion diodlarda p-n o‘tish chegarasini tekislash uchun qo‘llanilib, p-n strukturalarni ishlab chiqarish texnologik jarayonlarni davomiyligini 30% ga qisqartirish va kremniy mahsulotlarida p+ qatlamini shakllantirish haroratini pasaytirishga imkon bergan.
Radiatsiyaga bardoshli monokristall kremniy olish va turli yarimo‘tkazgich strukturalarida nuqsonli holatlarning fundamental parametrlarini o‘rganish bo‘yicha keng qamrovli tadqiqotlar o‘tkazilgan. Bu jarayonda, monokristall kremniy va uning asosidagi p-n strukturalarda radiatsion, aralashma va termik nuqsonlarning shakllanish qonuniyatlari aniqlangan. Radiatsiyaga barqaror xususiyatlarga ega bo‘lgan kremniy olish uchun kristall panjarasida taqiqlangan zona ichida chuqur energetik darajalar hosil qiluvchi aralashmalar bilan legirlash tavsiya etilgan.
Birinchi marta texnologik maqsadlar uchun kremniy plastinalari asosida tayyorlangan qattiq manbalardan foydalangan holda diffuziya jarayonida aralashmalarni joriy etish usuli ishlab chiqilgan va tavsiya etilgan.
Yadro fizikasi institutining yadro reaktorida olingan yadro-transmutatsion kremniyni olish uchun radiatsiyaviy texnologiyadan foydalanish imkoniyatlarini aniqlash bo‘yicha tadqiqotlar olib borilgan. Ushbu tadqiqotlarda dastlabki elektro-fizik parametrlar, nurlantirish rejimlari va kremniy geometriyasi uning xususiyatlari bir xilligiga ta’siri aniqlangan.
Radiatsion va aralashma nuqsonlarining shakllanish qonuniyatlarini o‘rganish asosida, kremniyni tez diffuziyalanuvchi aralashmalar yordamida legirlash darajasini oshirish va uning elektro-fizik parametrlarini yaxshilash imkoniyatlari aniqlangan. Bu jarayonlarni amalga oshirish uchun kristallarni termoradiatsion usulda qayta ishlash texnologiyasi ishlab chiqilgan.
Oxirgi yillarda kremniy va optoelektronikada keng qo‘llanilayotgan yarimo‘tkazgich kristallar panjarasida nuqson markazlarining holatini aniqlash uchun laboratoriyada sig‘im spektroskopiyasi, infraqizil va elektron mikroskoplar hamda rentgen diffraksiya usuli yordamida tadqiqotlar olib borilmoqda.
Yarimo‘tkazgichlarda turli nuqson holatlarini kompyuter dasturiy ta’minotlari orqali modellashtirish va kristall hajmida shakllanuvchi nanostrukturalarni o‘rganish bo‘yicha ishlar kengaytirilgan. Ushbu yo‘nalishda birinchi marta harorat va radiatsiya ta’sirini uyg‘unlashtirish orqali kremniyda termik jihatdan barqaror nuqsonlarni va kichik o‘lchamli nanoklasterlar olish imkoniyati ko‘rsatilgan. Ushbu tadqiqotlar zamonaviy nanomateriallar muammolarini qamrab olib, laboratoriyaning kelajakdagi faoliyati aynan yarimo‘tkazgichlarni legirlash, termik ishlov berish va nurlantirish natijasida hosil bo‘ladigan turli nanostrukturalarning fundamental xususiyatlarini o‘rganishga qaratiladi.
Olingan ilmiy natijalar va ishlanmalar bo‘yicha laboratoriya tomonidan 350 dan ortiq ilmiy maqolalar jurnallarda, ilmiy anjumanlarda va konferensiya to‘plamlarida nashr etilgan, patentlar olingan. Ilmiy dasturlar, davlat buyurtmalari, kontraktlar va xo‘jalik shartnomalarini bajarishda laboratoriya mudiri, fizika-matematika fanlari nomzodi Sh. Maxkamov, fizika-matematika fanlari doktori M. Tashmetov, fan nomzodlari N. Sulaymonov, N.B. Ismatov, shuningdek, kichik ilmiy xodimlar M. Erdonov, Sh. Nazarmamatov va boshqalar muhim hissa qo‘shib kelmoqda.
Oxirgi 5 yilda xorijiy va mahalliy jurnallarda nashr qilingan ilmiy ishlar ro‘yxati:
№ | Maqolalar |
1 | Sh. Makhkamov, F. Umarova, A. Normurodov, N. Sulaymonov, O. Ismailova, A.E. Kiv and M.Yu. Tashmetov. Quantum-Chemical calculations of pure and phosphorous doped ultra-small silicon nanocrystals // Springer nature B.V. 2020, J.Bonca, S. Kruchinin (eds). Advanced Nanomaterials for Detection of CBRN, NATO Science for Peace and Security Series A: Chemistry and Biology, 2020, Chapter 7, pp.111-121 |
2 | А.П. Мухтаров, А.Б. Нормуродов, С.А. Усманова. Вакансия в нанокремнии // Universum: химия и биология: нанотехнология: электронный научный журнал, 2020, №1(67), С.39-41, |
3 | Sh. Makhkamov, F. Umarova, A. Normurodov, N. Sulaymanov, O. Ismailova, M. Tashmetov. Ab initio investigation of ultra-small silicon nanocrystals doping by phosphorous //International Journal of Modern Physics B, 2020, 2050284 |
4 | М.Ю. Ташметов, Ш. Махкамов, А.В. Хугаев, Ф.Т. Умарова, А.Р.Саттиев, М.Н. Эрдонов, А.Б. Нормуродов, Х.М. Холмедов. О связанных таммовских состояниях в периодических пространственных полупроводниковых структурах// Узбекский физический журнал, 2020, т 22, № 2. С. 86-91. |
5 | М.Ю. Ташметов, Ш. Махкамов, А.Р. Саттиев, М.Н. Эрдонов, Х.М. Холмедов, Т.С. Тиллаев. Радиационная деградация параметров диффузионных кремниевых структур при протонном облучении // Вопросы атомной науки и техники. Серия материаловедение и новые материалы 2020. В. 88. С.4-16 |
6 | М.Ю. Ташметов, Ш. Махкамов, А.Р. Саттиев, М.Н. Эрдонов, Ш.А. Махмудов. Исследование влияния протонного облучения на формирования радиационных дефектов в диффузионных кремниевых диодах // Научный журнал «Физика полупроводников и микроэлектроники», Ташкент, 2021 г. Том3, В.3. С. 49-55 |
7 | Tashmetov M. Yu., Makhkamov Sh., A. R. Sattiev., Erdonov M. N. Kholmedov Kh. M. Efficiency of Injecting Radiation Defects during Irradiation of Silicon n+‒p Structures with Fast // Applied Solar Energy, 2021, Vol. 57, No. 3, pp. 188–191. (№11. Springer; IF=0,47) |
8 | M. Yu. Tashmetov, F.K. Khallokov, N.B. Ismatov, I.I. Yuldashova, I. Nuritdinov, S. Kh. Umarov. Study of the influence of electronic radiation on the surface, structure and Raman spectrum of a TlInS2 single crystal //Physica B: Condensed Matter - Pub Date : 2021-03-15. - Volume 613, 15 July 2021, 412879 |
9 | M. Yu. Tashmetov, F.K. Khallokov, N. B. Ismatov, I. I. Yuldashova, Nuritdinov, S. Kh. Umarov. Electronic irradiation of TlInSxSe2–x(x=1): morphology, structure and raman scattering// International Journal of Modern Phyusics B – Pub Date: 2021–10–30. – Volume 2150289 |
10 | Abdurakhimov B.A., Tashmetov M.Yu., Yuldashev B.S., Kichanov S.E., Lukin E.V., Kozlenko D.P., Kulikov S.A., Shvetsov V.N., Ismatov N.B., Saidov A.R., Normurodov A.B., Rutkauskas A.V. New neutron imaging facility at the WWR-SM reactor: Design and first results//Nuclear Inst. and Methods in Physics Research, A 989 (2021), https://doi.org/10.1016/j.nima.2020.164959. |
11 | Abdurakhimov B. A., Tashmetov M. Yu., Bakirov B. A., Yuldashev B. S., Kichanov S. E., Kozlenko D.P., Ismatov N.B. Structural Studies of the Qarakhanid Dirham Using X-Ray Diffraction and Neutron Tomography Methods//Journal of Surface Investigation: X-ray, Synchrotron and Neutron Techniques volume 15, pages1232–1237 (2021). https://doi.org/10.1134/S1027451021060021 |
12 | Tashmetov M.Yu., Yuldashev B.S., Adizov S.M., Ismatov N.B. Studies of the internal structure of electrical devices and the archaeological heritage by the method of neutron radiography and tomography//Uzbek Journal of Physics, Vol.23, No.3, pp.63-69 (2021). DOI: https://doi.org/10.52304/.v23i3.266 |
13 | Tashmetov M. Yu., Ismatov N. B., Allayarov S. R. X-ray Diffraction Study of the Structure of Gamma-Irradiated Low-Density Polyethylene // High Energy Chemistry, Vol.56, No.3, рр.175-179 (2022). DOI:10.1134/S0018143922030109 |
14 | Tashmetov M. Yu., Ismatov N. B., Allayarov S. R. Surface Roughness and Raman Spectra of Gamma-Irradiated Low-Density Polyethylene // High Energy Chemistry, Vol.56, No.3, рр.180-183 (2022). DOI:10.1134/S0018143922030110 |
15 | Ташметов М. Ю., Исматов Н. Б. Study of the influence of gamma-rays on the structure and topography of the polyketone surface//Uzbek Journal of Physics, Vol.24, No.1, pp. 48-54 (2022). DOI: https//doi.org/10.52304/.v24i1.307 |
16 | Yuldashev B.S., Ehgamberdiev Sh.A., Tashmetov M.Yu., Ismatov N.B., Yuldashova I.I. Study of the structure of the Bukhara meteorite// The Scientific Heritage, No.93, pp. 66-72 (2022). |
17 | Tashmetov M.Yu., Yuldashev B.S., Adizov S.M., Ismatov N.B., Pidaev Sh.R., Kichanov S.E., Abdurakhimov B.A., Kozlenko D.P., Dvurechenskaya N.D., Saprykina I.A. Non-destructive structural studies of coins from the Uzundara Fortress using X-ray diffraction and neutron tomography// Eurasian Journal of Physics and Functional Materials, Vol.6(4), pp.256-265 (2022). DOI: 10.32523/ejpfm.2022060401 |
18 | A.B. Normurodov, A.P. Mukhtarov, F.T. Umarova, M.Yu. Tashmetov, Sh. Makhkamov, N.T. Sulaymonov. Investigation of the stability and charge states of vacancy in clusters Si29 and Si38. Condensed Matter Physics, 2022, vol. 25, No. 1, 33401. DOI:10 5488/CMP.25.13301 |
19 | Maxmudov SH.A., Sulaymonov A.A., Rafikov A.K., Mirzarayimov J.Z.. “The Dependence of Charge Carriers on the Methods of Thermal Processing of Residence Time on Silicon, Legalized with Copper and Iridium”. Journal of Nuclear Energy Science & Power Generation Technology. 30 May 2022, DOI: 10.4172/ 2325-9809.1000287 Pp 1-5. |
20 | М.Ю. Ташметов, Б.Н. Мадаминов, Н.Б. Исматов, Ф.К. Халлоков. Структура и свойства облученного электронами ZnS //Uzbek Journal of Physics, Vol.24, No.3, pp. 188-194 (2022). |
21 | Махкамов Ш.М., Сулайманов Н.Т., Нормуродов А.Б., Эрдонов М.Н., Эгамов С.. Cтруктурные особенности кластера кремния Si29H36, допированного примесными атомами O и C// Uzb. J. Phys. – 2023. – т.25, № 4. – С. |
22 | М.Ю. Ташметов, Ш.М. Махкамов, Ф.Т. Умарова, А.Б. Нормуродов, Н.Т. Сулайманов, А.В. Хугаев, Х.М. Холмедов. Влияние водорода на структуру и электронные состояния кремниевых нано-кластеров, содержащих примеси углерода // ФТП. – 2023. – Т.57, № 2.- С.106-112. |
23 | M.Yu. Tashmetov, B.S. Yuldashev, S.E. Kichanov, N.B. Ismatov, J.B. Khakimov, B.A. Abdurakhimov, F.A. Maqsudov, S.R. Ilyasova. Corrosion Degradation of Bronze and Iron Knives from Archaeological Sites of the Tashkent Region of Uzbekistan: Neutron Tomography Data //Journal of Surface Investigation: X-ray, Synchrotron and Neutron Techniques, Vol.17, Suppl. 1, pp. S201–S206 (2023). DOI: 10.1134/S1027451023070522 |
24 | M.Yu. Tashmetov, Sh. Makhkamov, T.S. Tillaev, M.N. Erdonov, H.M. Kholmedov. Determination of solubility of cobalt in singlecrystal silicon method neutron activation // Physics of the Solid State, 2023, -V. 65, №. 4 -pp.526 – 530. |
25 | У.Т. Ашрапов, И.И. Садиков, М.Ю. Ташметов, Ш. Махкамов, М.Н. Эрдонов. Влияние гамма облучения на внутреннее трение в дислокационном кремнии // Applied Radiation and Isotopes. -2023. – Vol. 193. – id.110623. |
26 | M.Yu. Tashmetov, N.B. Ismatov, S.V. Demidov, S.R. Allayarov. Effect of Gamma Radiation Dose on the Crystal Structure of the Ethylene–Tetrafluoroethylene Copolymer // High Energy Chemistry, Vol.58, No.2, рр. 236–241 (2024). DOI: 10.1134/S0018143924020140 |
27 | M.Yu. Tashmetov, N.B. Ismatov, S.V. Demidov, S.R. Allayarov. X-Ray Photoelectron Spectroscopy and Raman Spectroscopy Studies of the Gamma-Irradiated Ethylene–Tetrafluoroethylene Copolymer // High Energy Chemistry, Vol.58, No.2, рр. 230–235 (2024). DOI: 10.1134/S0018143924020139 |
28 | М.Ю. Ташметов, Н.Б. Исматов, И.А. Шаронов, А.С. Алибеков, С.М. Адизов. Об использовании нейтронной томографии при исследовании древних бронзовых находок из Узбекистана // Научный вестник Бухарского Государственного университета. – Бухара: БухГУ, № 7. – С. 149-156 (2024). |
29 | M.Yu. Tashmetov, B.S. Yuldashev, S.M. Adizov, S.E. Kichanov, Sh.R. Pidaev, N.B. Ismatov, N.D. Dvurechenskaya, I.A. Saprykina, B.A. Abdurakhimov and F.K. Khallokov. Nondestructive Structural Studies of the Euthydemus I Coin and Fragments of Rings from the Uzundara Fortress Using Neutron Tomography // Journal of Surface Investigation: X-ray, Synchrotron and Neutron Techniques, Vol.18, No.4, pp. 874–880 (2024). DOI: 10.1134/S1027451024700587 |
30 | M. Yu. Tashmetov, Sh. Makhkamov, M. N. Erdonov, R. P. Saidov, N. T. Sulaymanov, T. S. Tillaev, Kh. M. Kholmedov. “Influence of electron irradiation on the microhardness of cobalt doped silicon”. AIP Conf. Proc. 3020, 040006 (2024). |
31 | M. Y. Tashmetov, B. N. Madaminov , N. B. Ismatov, F. K. Khallokov and B. A. Abdikamalov. Structure, morphology and properties of ZnS crystal irradiated by electrons of different fluences // International Journal of Modern Physics B (2024) 2550103 (18 pages).р.2550103-1-2550103-18. |
Oxirgi 5 yilda ixtiro uchun olingan patentlar ro‘yxati:
1. Хужаев С., Егамедиев С.Х., Юлдашев Б.С., Ташметов М.Ю «Способ получения адсорбента для радионуклида 68Ge» // Государственное патентное ведомство РУз. № 06576 (2021).
2. Tashmetov M. Y., Ismatov N. B., Maxkamov Sh., Xaytmurzaev S. A.. «Polivinilxloridli egiluvchan naychani radiasion choklash usuli» // Oʻzbekiston Respublikasi Ixtirolar davlat reyestrida № IAP 06896 28.04.2022 yilda roʻyxatdan oʻtkazildi.
3. Брязгин А.А., Ташметов М.Ю., Исматов Н.Б., Махкамов Ш., Саидов Р.П. Способ стерилизации рассасывающегося шовного материала ионизирующим излучением. (Российская федерация, Патент на изобретение № 2810421 от 27.12.2023 г. Заявка № 2023110857 от 27 апреля 2023 г.).
4. Ташметов М.Ю., Исматов Н.Б., Юлдашев Б.С., Маликов Ш.Р., Буриев М.М. Способ повышения износостойкости твердосплавного инструмента для бурения горных пород. (Патент на изобретение № IAP 07300 от 20.02.2023 г.).
Oxirgi 5 yilda nashr qilingan monografiyalar ro‘yxati:
1. Ташметов М.Ю., Исматов Н.Б. Радиационные технологии на основе ускорителей электронов. Инновацион ривожланиш нашриёт-матбаа уйи, -Ташкент, 2020. - С.144.
2. Ташметов М.Ю., Халлоков Ф.К. Легированные и облученные электронами кристалы TlInS2 . - Бухара: издательство “Ipak Yo‘li”, 2024, - 128 c.
Oxirgi 5 yilda Xalqaro va Respublika anjumanlarida 80 dan ortiq ma’ruzalar bilan ishtirok etildi.