• Slide 1
  • Slide 2
  • Slide 3

Nanostrukturaviy va o‘ta o‘tkazuvchan materiallar fizikasi 

laboratoriyasi ilmiy faoliyati to‘g‘risida

 

Laboratoriya mudiri
Kurbanov Ulugbek Tajibaevich

Ishxona tel.:

(998-71)-289-35-14
email: ukurbanov@inp.uz

 

MA’LUMOT

Laboratoriya tarixi

Nanostrukturaviy va o‘tao‘tkazuvchan materiallar fizikasi laboratoriyasi 2012 yilda tashkil etilgan va fizika-matematika fanlari doktori E.M. Ibragimova 2017 yilgacha laboratoriya mudiri bo‘lib ishlagan. 2017 yildan hozirgi vaqtgacha fizika-matematika fanlari doktori U.T. Kurbanov rahbarlik qilmoqda.

Laboratoriyaning asosiy strategik yo‘nalishi

Nanostrukturaviy va o‘tao‘tkazuvchan materiallar fizikasi laboratoriyasi asosan kondensirlangan holatning radiatsiyaviy fizikasi va materialshunoslik, intensiv ionlashtiruvchi nurlanishning moddalar bilan o‘zaro ta’siri, materiallarning tuzilishi va xossalarini o‘zgartirish uchun radiatsiya texnologiyalari, psevdotirqish hodisalari va g‘ayrioddiy yuqori haroratli o‘ta o‘tkazuvchanlik mexanizmlari, legirlangan YuHO‘O‘ kupratlarda metal-dielektrik o‘tishlari va strayplar hosil bo‘lishi, kam, optimal va o‘ta legirlangan YuHO‘O‘ kupratlarida polaron effektlari va noodatiy normal va o‘ta o‘tkazuvchanlik xossalari va YuHO‘O‘ dagi va boshqa moddalardagi o‘zaro tortishadigan bozonlarning (Kuper juftlarining va 4He atomlarining) o‘taoquvchan Boze suyuqliklarga kondensatsiya bo‘lishlarining hamda g‘ayrioddiy o‘tao‘tkazuvchanlik va o‘taoquvchanliklari bo‘yicha nazariy va eksperimental tadqiqotlar olib boriladi.

Laboratoriya faoliyatining dolzarbligi

“Nanostrukturaviy va o‘tao‘tkazuvchan materiallar fizikasi” laboratoriyasi tomonidan olib borilayotgan ishlarning dolzarbligi 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni) belgilangan bo‘lib, uning ustuvor yo‘nalishlari “… milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash”ni o‘z ichiga oladi.

Laboratoriyaning ilmiy asoslari

Laboratoriyada O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti ilmiy tadqiqot ishlari rejasining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-noyabrdagi PQ-4526-sonli qarori asosida 2020-2024-yillarga mo‘ljallangan ilmiy tadqiqot ishlari dasturi yuzasidan: “1. YuHO‘O‘-kupratlarning elektron nazariyasi va uni dielektrik/metall va o‘ta o‘tkazuvchanlik fazalarining hosil bo‘lishi va nanomasshtabli bo‘linishida tadqiq qilish uchun qo‘llash. 2. Shisha va kristall matritsalarga nanoo‘lchamli kiritmalarni modifikatsiyalash va radiatsiyaviy induksiyalangan sintezi. 3. Yuqori energiyali elektronlar oqimi ostida sirtning nanostrukturalangan qatlamini olish usullarini yaratish” mavzulari bajarilgan. 

2020-2024 yillar davomida ushbu mavzular  bo‘yicha olingan yangi natijalar asosida laboratoriya jamoasi tomonidan 100 dan ortiq ilmiy ishlar, shu jumladan monografiyalar, xalqaro nufuzli jurnallardagi ilmiy maqolalar, xalqaro va respublika ilmiy anjumanlari materiallari chop etildi.

 

Laboratoriyaning eksperimental bazasi to‘g‘risida ma’lumot:

Empyrean XRD difraktometr, DRON-3;

SPM-9700-HT skanerlash zond mikroskopi;

 SF-56 spektrofotometri;

Mikrotverdost PMT-3;

Gauss-metr.