• Slide 1
  • Slide 2
  • Slide 3

                  Respublika markaziy izotoplar laboratoriyasi

 

Respublika Markaziy Izotoplar Laboratoriyasi (RMIL) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.11.2004 y dagi №637- sonli qarori bo‘yicha tashkil etilgan bo‘lib, uning vazifasi va maqsadi -O‘zbekiston hududidagi ilmiy- izlanish institutlari, ishlab chiqarish korxonalari, tibbiyot muassasalari hamda boshqa tashkilotlarda ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini qo‘llash shuningdek, manbalarni zaryadlash, qayta zaryadlash, ularni vaqtinchalik saqlashga berish va ishlatish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar, nazorat usullarini kuchaytirish va manbalarni texnik holatini takomillashtirishdan iboratdir.

 

Respublika Markaziy Izotoplar Laboratoriyasini (RMIL) asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari

Radioizotoplarni o‘lchaydigan asboblarni ishlab chiqarish, tayyorlash hamda ularga sertifikat(guvohnomalar) berish;

Radioizotoplarni o‘lchaydigan asboblarni ionlashtiruvchi nurlanish manbalari bloklari bilan birgalikda montaj va demontaj qilish, ta’mirlash ishlarini olib borish;

Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari va radioaktiv moddalarni uskunalarini germetik va texnik holatini tekshirish;

Ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini amal qilish muddatini uzaytirish maqsadida kerakli hujjatlarni rasiylashtirish;

Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari va radioizotoplarni o‘lchaydigan asboblarni zaryadlash , qayta zaryadlash, demontaj, yig‘ish, va saqlash ishlarini amalga oshirish;

Ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini vaqtinchalik muddatga saqlashga qabul qilish va ularni iste’molchilarga berish va ulardan qabul qilib olish ishlarini amalga oshirish;

Ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini utilizatsiya qilishga qabul qilish;

Yaroqsiz holga kelib qolgan ionlashtiruvchi nurlanish manbalari va radioaktiv moddalarni ko‘mish uchun tayyorlash ishlarini amalga oshirish.