Neytronli generator NG-150
Neytronli generator NG-150 - qurilmasi yadroviy, radiatsiyaviy fizika va tez neytronlarning oqimi yordamida elementlar tahlilini amalga oshirish sohalarida keng qamrovli ilmiy tadqiqotlar olib borishga imkon beradi.
NG-150 qurilma deyterli va tritiyli nishonlar yordamida tez neytronlarning oqimini ~ 2.4 i 14 MeV energiya diapazonida amalga oshirib D+d —> 3He+n yoki T+d —> α+n Bunda neytronlar oqimi ~ 108 i 1010 n/sek. tashkil etadi.
NG-150 ni asosiy texnik ma’lumotlari:
Neytronlarni maksimal oqimi 2·1010 n/sek.
Tezlatilgan ionlarni nomiminal energiya quvvati 150 keV.
Ionlar energiya quvvatini rostlash chegaralari 50—150 keV.
Nishonda ionlar dastasi toki 3 mA gacha. 3 mA.
Nominal rejimda nishonda ionlar dastasini diametri 10—30 mm.
Ishlash tarzi to‘xtovsiz.
NG-150 noyob qurilma rahbari: Ergashev Feruz
Ish telefoni: (998-71)-289-34-52
Qurilmani jamlovchi moslamalar
Neytronli generator zalida har qanday turdagi vodorod izotoplarini tarkibini hamda ularni konsentratsiyalarini onlayndagi turli analizlar yordamida aniqlash uchun noyob qurilma mavjud. Kam yashovchi radionuklidlarni aktivatsiyaviy taxlil kilish ishlarini amalga oshirish uchun neytronli nurlantirishdan keyin namunalarni ulchash kurilmasiga uzatish uchun pnevmopochta o‘rnatilgan.
Obyekt yordamida amalga oshirilayotgan ilmiy-tadkikotlar Neytronli generator asosida (negizida) noyob uslub joriy etilgan ("NERD-uslubi") Turli materiallar va muxitlardagi barcha vodorod izotoplarini xolat va tarkiblarini ularni agregat xolatlaridan kat’iy nazar aniklash uchun mo‘ljallangan. Bunday ma’lumotlar tajribaviy yadro-fizikaviy kurilmalarni qurishda ishlatiladigan zarur materiallarni tanlashda, termoyadroviy reaktorlarni yaratish va takomillashtirishda, mashinasozlikda, turli materiallarda vodorod izotoplarini diffuziya jarayonlarini tadkik etishda juda muximdir. Bundan tashqari NERD uslubi ishlab chiqarish korxonalari tomonidan xam vodorod va yengil elementlarni tarkibi va bulinish jarayonlarini analiz qilish maqsadida qo‘llanilish mumkin. Neytronli generator yengil elementlarni aktivatsiyaviy taxlil etishda xamda radiatsiyaviy materialsozlikda ishlatilishi mumkin. Xozirgi kunda NERD uslubini kardinal o‘zgartirish jarayonlari amalga oshirilmokda xamda Ukrainani 3067 rakamli loyixasi asnosida generatorni o‘zini xam kisman sozlash ishlari olib borilmokda
NERD uslubini O‘z FA YaFI ni neytronli generator bazasida qo‘llash asnosida Institut Xalkaro Atom Energiyasi Agentligi siyosati doirasida termoyadroviy reaktorlarni takomillashtirish bo‘yicha Xalkaro dasturni bajarishda faol ishtirok etmokda, bunda institut neytronli generatori xodimlari termoyadroviy reaktorlarda tritiyni lokalizatsiya etish diagnostikasi bo‘yicha ilmiy tadkikotlar olib bormokdalar.