• Slide 1
  • Slide 2
  • Slide 3

Laboratoriyaning asosiy strategik yo‘nalishi

Qattiq jismlarda strukturaviy o‘zgarishlar laboratoriyasining asosiy maqsadi ikki qo‘shpanjarali oralik metallarning gidronitridlarining kristall strukturasining va unga termik ishlov berish va ularning natijalarini neytronogrammaviy va rentgenogrammaviy usullarini bilan o‘rganish, tarkibida titan bo‘lgan ko‘pkompanentli qotishmalar olish va ularning rentgenogrammalari asosida ularning xossalari va strukturaviy o‘zgarishlarini aniqlash va ular asosida karroziyaga va radiatsiyaga chidamli materiallar olish. Yarimo‘tkazgichli kremniyning turli metall va metal bo‘lmagan kiritmalar bilan hamda radiatsiyaviy transmutatsiya usuli bilan legirlangan namunalarning radiatsiya ta’sirida elektrofizik parametrlarini o‘rganish va ular asosida termo va foto datchiklar tayyorlash.

Laboratoriya tashkil etilishining dolzarbligi

Qattiq jismlarda strukturaviy o‘zgarishlarni o‘rganish ilmiy-tadqiqot sohasida muhim masalalardan biri hisoblanadi. Ikki qo‘shpanjarali oralik metallarning gidronitridlarini, ularning kristall strukturasi va termik ishlov berish natijasidagi o‘zgarishlarini tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda zamonaviy sanoatda karroziyaga va radiatsiyaga chidamli materiallar yaratish talab qilinmoqda, shuning uchun rentgenogrammaviy va neytronogrammaviy tadqiqotlar asosida tarkibida titan bo‘lgan ko‘pkomponentli qotishmalarni o‘rganish katta ahamiyatga ega.

Shuningdek, yarimo‘tkazgichli kremniyning turli metall va metal bo‘lmagan kiritmalar bilan hamda radiatsiyaviy transmutatsiya usuli orqali legirlangan namunalarining elektrofizik parametrlarini radiatsiya ta’sirida o‘rganish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Bu tadqiqotlar zamonaviy texnologiyalar uchun termo va foto datchiklar ishlab chiqishda muhim asos bo‘lib xizmat qiladi. Shu sababli, ushbu yo‘nalishlar asosida laboratoriyaning tashkil etilishi ilmiy va amaliy jihatdan juda dolzarb hisoblanadi.

Shundan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 fevraldagi PQ-2789-sonli "O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori bilan Yadro fizikasi institutida Qattiq jismlarda strukturaviy o‘zgarishlar laboratoriyasi tashkil etilgan.

Laboratoriyaning ilmiy salohiyati

Kristall atomlarining issiqlik tebranishlari nazariyasini rivojlantirildi. Kristall panjara atomlarining issiqlik tebranishlari nazariyasidagi Debay funksiyasi va Debay temperaturasi bilan atomlarning issiqlik tebranishlari amplitudasi orasidagi bog‘lanishdan foydalanib jism temperaturasi mutlaq nolga intilganda Debay temperasining kamayishi ko‘rsatildi. Elementlarning Mendeleev Davriy sistemasidagi barcha elementlarning xarakteristik (Debay) temperaturalari orqali ularning atomlarining issiqlik tebranishlarining amplitudalari hisoblab chiqildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 21 noyabrdagi PQ-4526-son qaroriga ko‘ra “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti faoliyatini takomillashtirish” bo‘yicha maqsadli dastur asosida  laboratoriya tomonidan Titan asosidagi ikki xil metallar yoki ikki xil metalmaslar tarkibli kristall panjarali ko‘p tarkibli suqilma qotishmalarning kristall panjaralarini va fazaviy holat o‘zgarishlarini neytronografiya usuli orqali o‘rganildi. TiC0.50H0.50 TMK suqilma qotishmasida vodorodning termoyemitssiyasi - doimiy so‘rib olinadigan vakuumda 670 K haroratda TMK panjara va TiC0.50 uglerod tarkibi o‘zgartirmagan holda vodorodning chiqib ketishi kuzatildi. TiC0.50H0.50 konsentratsiyasigacha gidrogenlash mumkinligi ko‘rsatilgan. Bu TMK titan karbididan vodorod rezervuari sifatida ko‘p marotaba foydalanish imkonini berishi aniqlandi. Ti2CH2-x- faza transport yadro-energetika qurilmalarida va yadroviy suv osti kemalarida kichik yadro reaktorlarida (150x100 m2) neytronlar va gamma nurlanishlardan biologik himoya materiali sifatida foydalanish mumkin.

Kompensirlangan kremniy datchigi asosida oziq ovatlar saqlanadigan ombor temperaturasini va namligini uzoq masofadan nazorat qilib turadigan qurilmani  yaratilgan bo‘lib, 15 m masofagacha nazorat qilish qurilmasi sinovdan o‘tkazildi.

Oltingugurt kirishmasi bilan legirlangan kremniy monokristal plenkalar olishning radiatsion texnologik usulini yaratildi. VVR-SM yadro reaktorida nurlantirilganda yarimo‘tkazgichli kremniyning epitaksial plyonkalarida fosfor-32 izotopining oltingugurt-32 izotopiga neytron transmutatsiyasining fizik va texnologik jarayonlari aniqlandi. Oltingugurt-32 izotopi bilan kompensatsiyalangan kremniy sirtining tuzilishi hisoblangan kiritma nuqson markazlarining parametrlari o‘rganilib ular asosidagi fotorezistor va datchiklar maketining laboratoriya modeli tayyorlandi.